KITOBXONLIK OQSHOMI O’TKAZILDI

Namangan shahrining «G’uncha» mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 44-maktabda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasi hamda Namangan shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik oqshomi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi.


Ushbu o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda so’z olgan Namangan shahar hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshligʻi Abduraximova Dilorom Olimjanovna hamda Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasi direktori Turaxodjayeva Zulxumor Yusufjanovna yig’ilganlarni kelayotgan mustaqillik bayrami bilan samimiy qutladi.
Tadbirda faol ishtirok etgan mahalla yoshlari munosib taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan