📚Kitob va kitobxonlik inson kamolotida muhim o‘rin tutadi. Zero, mutolaaga bog‘langan ko‘ngil kitobdan behad ulug‘ ma’naviy ozuqa oladi. Namangan viloyatida ham aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida bugungi kunda qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.
12-13 fevral kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva boshchiligadagi ishchi guruh tomonidan viloyatimizning Kosonsoy, Yangiqo’rg’on, Chortoq tumanlarida bo‘lib, tumanlardagi kutubxonalarda yaratilgan sharoitlar, axborot-kutubxona markazi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni to‘ldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va rag‘batlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Bolalar kutubxonasi axborot xizmati