NAMANGANDA KITOBXONLIK BAYRAMI O’TKAZILDI

Kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ma’naviy tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan umumta’lim maktablarini aniqlash, rag‘batlantirish va ularning ishini ommalashtirish maqsadida Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” ning taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Tashabbuskor kutubxonachi” kabi bir qator ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi.
Bellashuvlarning maktab bosqichi 27429 nafar ishtirokchini qamrab olgan bo‘lsa, shahar- tuman bosqichlarida jami 7250 nafar kitobsevarlar bahs olib bordilar.
Ma’naviyat bayramida so‘z olgan Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi direktori Dono Ganiyeva, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xayrullo Abdurahmonovlar nafaqat o‘quvchilar balki ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagogning kitobxon bo‘lishi shart va zarur ekanini alohida ta’kidladi.

Mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 32 nafar ishtirokchilar qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan