NAMANGAN SHAHRIDA JOYLASHGAN USMON NOSIR MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA «OILADA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISH» MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI.

O’zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo’mitasi Namangan shahar oila va xotin-qizlar bo’limi hamda Muhammadsharif So’fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida «Oilada kitobxonlik madaniyatini oshirish» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Namangan shahar hokimi o’rinbosari Abdurahimova Dilorom Olimjanovna, Bolalar kutubxonasi direktori Turaxodjayeva Zulhumor Yusufjanovna hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

Kitobxonlikni targ’ib qilish uchun Bolalar kutubxonasining ko’rgazmalari, elektron kitob tarqatmalari, ijtimoiy tarmoqdagi manzillari tadbir ishtirokchilariga havola etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan