Namangan viloyati Uychi tuman XTB tasarrufidagi 2-maktabda «Bugungi kunda kutubxonalar va kitob mutolaasiga munosabat» mavzusida viloyat seminar tashkil qilindi.
Seminarda 2-umumta’lim maktab kutubxonachisi M. Ismoilova kutubxonachining me’yoriy ish hujjatini yurilitishi, kitob fondini joylashtirishi, elektron adabiyotlar haqida o’quv taqdimoti orqali viloyatning barcha tumandagi maktab kutubxonachilariga ma’lumotlar berdi.
Namangan viloyati Muhammadsharif So’fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi direktori Z. Turaxodjayeva, Uychi tuman XTB mudiri M.Mo’minov yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish, innovatsion va creativ usullarda ishlash bo’yicha o’z taklif tavsiyalarini kutubxonachilarga berdilar, 2-maktab direktori R. Minnamatov, kutubxonachisi M. Ismoilova va respublika tanlovida faol ishtirok etgan o’quvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alar taqdim etdilar.